Kassa va bank
Kirim va chiqim, hisoblar va valyuta hamyonlari, bizneslararo o'tkazmalar. Kassa — to'lov holatining yagona manbai.
Holding va kompaniyalar guruhi uchun
Konso — operatsion boshqaruv platformasi. Kassa, shartnomalar, xaridlar, qarzdorlik va P&L har bir filial, biznes va mahsulot kesimida — bitta konsolidatsiyalangan ko'rinishda.
Qanday ishlaydi
Har bir pul yozuvi uchta belgi bilan saqlanadi: qaysi filial, qaysi biznes yo'nalishi, qaysi mahsulot. Shuning uchun hisobot istalgan kesimda bir zumda tayyor — va hammasi guruhning yagona raqamiga yig'iladi.
Filial — biznes yuritiladigan joy: Toshkent, Dushanbe, Olmaota… Har birida o'z valyutasi, mas'ul rahbari va davr yopilishi.
Biznes — daromad yo'nalishi: SaaS, ijara, xizmatlar va guruhning boshqa yo'nalishlari.
Mahsulot — biznes ichidagi har bir mahsulot va xizmat bo'yicha daromad va xarajat.
Imkoniyatlar
Har bir xodim o'z ruxsatlari doirasida ishlaydi: CEO, CFO, buxgalter, kassir, sotuvchi, undiruvchi, HR va bo'lim rahbarlari.
Kirim va chiqim, hisoblar va valyuta hamyonlari, bizneslararo o'tkazmalar. Kassa — to'lov holatining yagona manbai.
So'rov → summa, biznes, filial va bo'limga qarab tasdiq zanjiri → qabul akti → to'lov. Hech kim o'z so'rovini o'zi tasdiqlay olmaydi.
Shartnoma hayot sikli, qo'shimcha kelishuvlar bilan avtomatik qayta hisob, to'lov grafigi, PDF va elektron imzo.
Katalogdan taklif tuzing, mijozga havola orqali yuboring va bir bosishda shartnomaga aylantiring.
Qarzdorlik to'lov grafigidan avtomatik hisoblanadi. Undirish ishlari bosqichma-bosqich, penya tiyin aniqligida.
Hisoblash usulidagi P&L. Yopilgan oy qulflanadi — qayta ochish faqat CFO ruxsati va yozma sabab bilan.
Reja va fakt, MRR, prognoz va filiallar bo'yicha hisobotlar. Excel'ga bir bosishda eksport.
Filial × oy vedomosti: HR tuzadi, CFO tasdiqlaydi, kassadan to'lanadi. Shaxsiy maoshlar P&L'da ko'rinmaydi.
Didox orqali hujjat almashinuvi, STIR bo'yicha firma ma'lumotlarini avtomatik to'ldirish va hujjatlar arxivi.
Telegram
Har bir kompaniyaga o'z boti ulanadi. Navbati kelgan tasdiqlovchiga so'rov kartasi keladi — ilovani ochmasdan tasdiqlaydi, qaytaradi yoki rad etadi.
Noutbuk — dizayn bo'limi
Ko'p valyuta
Dollarda tuzilgan shartnoma, so'mda kelgan to'lov, Dushanbedagi filial somoniyda — Konso hammasini aralashtirmasdan yuritadi va rahbariyatga bitta raqam beradi.
USD ⇄ UZS
Valyutali shartnomada qarz dollarda ham, so'mda ham alohida yuritiladi. Kurs farqi har to'lovda P&L'ga avtomatik yoziladi.
CBU · har kuni
Rasmiy kurslar O'zbekiston Markaziy bankidan har kuni olinadi. Markaziy bank e'lon qilmaydigan valyuta uchun kurs qo'lda kiritiladi.
UZS · KZT · TJS · KGS · AZN · AMD → USD
Har filial o'z funksional valyutasida. Guruh hisoboti esa har oyning o'rtacha kursida bitta valyutaga o'giriladi.
U soliq va rasmiy hisobotlar uchun emas. Konso — rahbariyat uchun boshqaruv vositasi va bitta savolga javob beradi:
«Biznesimiz hozir qanday ahvolda va qayerga ketyapti?»
Demo'da Konso'ni sizning tuzilmangiz — filiallar, bizneslar va valyutalar — misolida ko'rsatamiz.
Yoki yozing: [EMAIL] · [TELEFON]